O‘zbekiston | 10:53 / 21.08.2019
73363
3 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vaziriga qator huquqlar berildi

Foto: tergovdepartamenti.uz

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Pecpublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berildi:

davlat strategik zaxirasi va Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika ta'minoti markaziy bazasida mahsulotlarni saqlash hamda ularni yangilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tegishli bo‘linmalarda ovqatlanishni ta'minlash uchun mahsulotlarni autsorserlarga, transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, amalda xarid qilingan narxlarda berish (tarqatish);

shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (shu jumladan doimiy joylashish punktlarida, dala sharoitlarida, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda hamda boshqa holatlarda) tashkillashtirish maqsadida tegishli zarur lavozimlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari shtatlariga kiritish yo‘li bilan saqlab turish;

ovqatlanishi autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarining ro‘yxatini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

statsionar va dala sharoitida oziq-ovqat ta'minoti;

quruq mahsulotlar ta'minoti.

Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish buyurtmachining oziq-ovqat xizmati tomonidan autsorser xizmatini jalb qilish orqali amalga oshiriladi.

Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish uchun pul mablag‘lari yillik buyurtmalar bo‘yicha belgilanadi va autsorsing xizmatlari uchun kelishilgan hisob-kitoblar, oziq-ovqat me'yori narxlari belgilangan me'yorlar asosida yil bo‘yicha rejalashtiriladi.

Autsorsing xizmati buyurtmachining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Autsorsing xizmati ko‘rsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya qilish buyurtmachi tomonidan ta'minlanadi.

Mavzuga oid