Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 3,4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Foto: Lisi Niesner/Bloomberg
O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-iyul oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,2 baravarga oshirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
2019 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 3,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 31,8 foizni tashkil etdi.
Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini ko‘paytirdi. Oltin eksporti hajmi 2015 yilda 823,9 million dollardan oshgan bo‘lsa, 2016 yilda - 738,2 million dollar, 2017 yilda - 1,6 milliard dollar va 2018 yilda - 2,91 milliard dollar.
Bundan oldin, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilingani, import yana eksportdan ko‘p ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
14:13 / 22.12.2025
Oltin narxi tarixda ilk marta 4 400 dollardan oshdi
11:00 / 22.12.2025
Hududlar kesimida metallurgiya: eng katta hajm Navoiy viloyatida
10:10 / 22.12.2025