Iqtisodiyot | 13:14 / 20.08.2019
22291
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilindi. Import yana eksportdan ko‘p

Foto: Shutterstock

2019 yilning yanvar-iyul oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 24,5 mlrd AQSh dollarni tashkil etib, 6,8 mlrd dollarga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 %ga oshgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu raqamdan eksport hajmi 10,8 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati – 44,5 %) va import hajmi esa 13,6 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati – 34,3 %) yetdi. Hisobot davrida 2,7 mlrd dollar qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.

O‘zbekiston jahonning 167 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Uning tashqi savdo aylanmasi dunyo davlatlari qatorida nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (18,5%), Rossiya Federatsiyasida (14,6%), Qozog‘istonda (8,1%), Koreya Respublikasida (6,5%), Turkiyada (5,7%), Germaniyada (2,2%) va Qirg‘izistonda (2,1%) qayd etilgan. 

Tashqi savdo aylanmasi tahlili o‘sishni ko‘rsatib, 2019 yil yanvar-iyul oylarida 24,5 mlrd dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mlrd dollar qiymatga oshgan. 

Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy dinamikasida ijobiy siljishlar kuzatilmoqda. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, tashqi savdo aylanmasida eksportning ulushi 1,8 foizga ortgan. 

MDH davlatlari bilan an'anaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi savdoni har tomonlama qo‘llab quvvatlanishi natijasida MDHga a'zo davlatlar bilan o‘zaro savdoning O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019 yilning yanvar-iyul oylarida 33,2 %ni (8,1 mlrd dollar), o‘tgan yilgi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 19,5 % o‘sishni tashki etdi. 

Shu bilan birga, boshqa xorijiy hamkor-davlatlar bilan joriy savdo munosabatlari davom etmoqda. Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulishi 66,8 %ga yetib (16,7 mlrd dollar) o‘tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 50,6 % oshgan. 

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg‘iziston (347,2 mln dollar), Afg‘oniston (315,6 mln dollar), Tojikiston (88,7 mln dollar), Fransiya (27,3 mln dollar) va Eron (16,2 mln dollar). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. 

Mavzuga oid