Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda maktab o‘quvchilari ma'muriyat rahbarining iste'fosini talab qilishdi
Foto: Kai Pfaffenbach / Reuters
Hongkong markazida bir necha yuz maktab o‘quvchilari norozilik namoyishi o‘tkazishdi. AR agentligining xabar berishicha, ular "Hongkongga ozodlik" deya qichqirishgan va ma'muriyat rahbari Kerri Lemning iste'fosini talab qilishgan.
Hongkongdagi namoyishlar 11 haftadan buyon davom etmoqda. Namoyishlar hukumatning jinoyatda gumonlanayotganlarni Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish rejasiga qarshi boshlangandi.
Namoyishchilar 23 avgust kuni shahar ko‘chalarida Estoniya, Latviya va Litvada 1989 yil 23 avgustda o‘tkazilgan namoyishlarni xotirlab jonli zanjir hosil qilishmoqchi. 1989 yilda bu respublikalar aholisi uzunligi 670 kilometrli jonli zanjir hosil qilishib tinch namoyish o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.12.2025
Vilnyusda OAV erkinligi bo‘yicha so‘nggi yillardagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi
11:03 / 02.12.2025
OAV: Gurjiston namoyishlarni tarqatishda kimyoviy modda qo‘llagan bo‘lishi mumkin
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025