Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krishtianu milliy jamoadan qachon ketishini aytdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi tarkibida yana qancha o‘ynashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.
«Men milliy jamoaga eshiklarni yopmayman. Kuchim va g‘ayratim bor ekan, doim milliy jamoaga kelishga tayyorman. Agar ular meni chaqirishni xohlashmasa, ketaman (kuladi).
Qatardagi jahon chempionatida qatnashish? Men buni istisno qilmayman (3 yildan so‘ng Ronaldu 37 yoshda bo‘ladi). O‘ylashimcha, bu vaqtda jamoadan uzoqda bo‘lmayman.
Men Portugaliya milliy jamoasi bilan ko‘p ajoyib lahzalarni boshdan kechirdim. So‘nggi besh yil ichida milliy jamoada eng katta zavq oldim. Sababini so‘ramang, ammo men milliy jamoa sharafini himoya qilishni yaxshi ko‘raman.
Men ba'zan Portugaliyaga, ayniqsa, Lissabon va Madeyraga kelaman. Bu – men yashashni istagan mamlakat. Bir necha yildan keyin men oilam bilan Portugaliyada yashayman», – dedi Ronaldu TVI kanaliga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
12:37 / 18.06.2026
JChda 7-kun. Ronaldu Messiga javob qilolmadi, Angliya shou uyushtirdi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026