Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:57 / 28.08.2019
8483
1 daqiqa o‘qiladi
Jizzaxda golf majmuasi tashkil etiladi
Foto: RIA Novosti
Jizzax viloyatida golf industriyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida golf bo‘yicha professional va havaskor turnirlarni o‘tkazish bo‘yicha majmua tashkil etiladi.
Qaror bilan “Mirasmanda Golf Resort” MChJ tashkil etilib, golf majmuasi uchun tuman hududidan 200 gektar yer uchastkasi ajratiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish