Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Polshaga Putin taklif qilinmagani sababli bormaslikka qaror qildi – OAV
Foto : RIA Novosti / Sergey Bobylev
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha poytaxti Varshavaga Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rzeczpospolita nashri xabar berdi.
Nashrda ma'lum qilinishicha, Polsha prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Varshavadagi tadbirga taklifnoma yubormagan. Shu sabab Minsk Rossiyani qo‘llab-quvvatlab, Polshadagi xotira tadbiriga delegatsiya yubormaslikka qaror qilgan.
Belarus tashqi ishlar vazirligi bu ma'lumotga hozircha izoh bermagan.
Varshava esa Rossiyani taklif qilmaganini sobiq ittifoq 1939 yilgi xalqaro huquqni buzgani bilan tushuntirgan.
Ikkinchi jahon urushi Germaniyaning Polshaga hujum qilishidan boshlangan, shundan keyin uning bir qismi Uchinchi reyxga, qolgani esa sobiq ittifoqqa o‘tgan.
Biroq shunga qaramay, Germaniya tadbirga taklif etilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov dunyoning istalgan davlatida Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan har qanday xotira tadbiri Rossiya ishtirokisiz to‘laqonli hisoblanmasligini bir necha marotaba ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
08:33
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24 / 07.05.2026