Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Shvetsiyada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emasligini ma'lum qildi
2019 yil 15 avgustda qator xalqaro OAVda terroristik fitnani tashkillashtirish va 2017 yil 7 aprelda Stokgolm shahridagi fojiali voqealarga aloqadorlikda gumonlanib Estersund shahrida (Shvetsiya) o‘zbekistonlik deb taxmin qilinayotgan shaxsning qo‘lga olinishi to‘g‘risida xabar tarqaldi.
Tarqalgan ushbu ma'lumot munosabati bilan O‘zbekistonning Berlin shahridagi elchixonasi o‘z konsullik okrugiga kiruvchi Shvetsiya Qirolligi tomoniga so‘rovnoma yo‘lladi.
29 avgust kuni diplomatik vakolatxona Estersund shahri okrug sudidan qo‘lga olingan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi emasligi to‘g‘risida rasmiy javob oldi, deyiladi TIV xabarida.
Konsullik-huquqiy departament Germaniya (Shlezvig-Holshtayn, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Saksoniya, Tyuringiya), Shvetsiya, Shveytsariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Berlin shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +49-30-39-40-98-55; +49-30-39-40-98-30.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026