Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:51 / 30.08.2019
9114
1 daqiqa o‘qiladi
Ukrainada yangi bosh prokuror tayinlandi
Foto: LIGA.net
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosh prokuror lavozimiga o‘z ofisi rahbari o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapkani tayinladi.
29 avgustda Ukraina oliy radasi Zelenskiyning Ryaboshapkani bosh prokurator lavozimiga tayinlash taklifini qo‘llab-quvvatlagan.
Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, bosh prokurorni ishdan olish va tayinlash prezident ixtiyoridadir, ammo uning bu qarorini dastlab parlament ma'qullashi lozim.
Ryaboshapka 29 avgustda iste'foga ketgan Yuriy Lutsenko o‘rnini egallaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish