Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokengash rahbari Donald Tusk vatanidagi xotira tadbirlariga bormasligini aytdi
Yevropa kengashi rahbari, Polshaning sobiq bosh vaziri Donald Tusk Polshada Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligi munosabati bilan o‘tadigan tantanali tadbirlarga bormasligini aytdi.
Tusk Polshaning amaldagi rahbariyati bilan murakkab munosabatlarda bo‘lib, u tomondan tashkil etilgan “Fuqarolik platformasi” partiyasi ayni vaqtda muxolifat tomondadir. O‘z vaqtida Polsha Tusk Yevrokengash rahbari lavozimini egallashiga qarshi chiqqan yagona davlat bo‘lgan.
“Yo‘q, men bormoqchimasman”, deb aytgan Tusk va “Tadbir tashkilotchilari meni u yerda ko‘rishni istamaydilar va menga xursand emasliklarini bilib turib, hech qachon suqilmayman”, deb qo‘shimcha qilgan.
Polsha rasmiylari ma'lumotlariga ko‘ra, tadbirlarga 20 ta davlat prezidenti tashrif buyuradi. Varshavada o‘tadigan tadbirlar 1 sentyabrga belgilangan.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:25 / 27.10.2025