Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini bekor qildi
Foto: RIA Novosti / Vladimir Fedorenko
Ozarboyjon va Turkiya o‘rtasidagi viza rejimi bekor qilinadi, turk fuqarolari respublikada o‘ttiz kun vizasiz yurishlari mumkin. Bu haqda Ozarboyjon TIV ma'lum qildi.
"Bugundan Ozarboyjon va Turkiya o‘rtasidagi viza rejimi bekor qilinadi. Turkiya Respublikasi fuqarolarining Ozarboyjonda vizasiz bo‘lishlari muddati 30 kunni tashkil etadi", - TIV xabarida.
Anqara 2007 yilda bir tomonlama tartibda Ozarboyjon fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilgandi. Hozirda Ozarboyjon fuqarolari Turkiyada 30 kun vizasiz yurishlari mumkin.
25 iyulda Ozarboyjon TIV viza rejimi bekor bo‘lishi munosabati bilan Turkiya TIVga nota yo‘llagandi.
Mavzuga oid
14:08 / 11.02.2026
Aliyev va Vens strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
11:13 / 10.02.2026
Fidan Turkiya yadroviy poygaga qo‘shilishini istisno qilmadi
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026