Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olga Zabelinskaya Germaniyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
31 avgustda Germaniyada ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Europakriterium der Bahnfahrer” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a'zosi Olga Zabelinskaya omnium yo‘nalishida 157 ball bilan 1- o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin germaniyalik Gudrun Stoskga, 3-o‘rin rossiyalik Tamara Dronovaga nasib etgan.
Velosportchining ushbu yutug‘i O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Ushbu musobaqalar sportchilarga Tokiodagi Olimpiadada ishtirok etish uchun reyting ballari beradi.
Eslatib o‘tish joiz, Olga Zabelinskaya shosse bo‘yicha velopoygalarning Tokioda o‘tadigan Olimpiada litsenziyasi egasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026