Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus prezidenti Zelenskiy sababli ishiga velosipedda qatnamasligini aytdi
Foto: RIA "Novosti"
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ishiga hamisha velosiped yoki elektr mototsiklda borishni istagani, biroq u ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga bergan va'dasi ustidan chiqa olmagani sababli bu fikridan qaytganini aytib o‘tdi.
Lukashenko yangi o‘quv yilining ilk kuni Minskdagi yangi maktab binosiga tashrif buyurib, bir necha o‘quvchini “fikrlar almashish” uchun doska oldiga chaqirtirgan. Muloqot asosan, maktabdagi o‘qish, kasb tanlash, sport bilan shug‘ullanish haqida borgan.
“Meni hamisha elektr mototsikl yoki velosipedda ishga borishga tortgan. Biroq hammasini Zelenskiy chippakka chiqardi. Ukraina prezidenti Volodya Zelenskiy uni saylashganda “men ishga velosipedda boraman” deb va'da bergandi”, deb aytib o‘tgan Belarus prezidenti.
Lukashenkoning ta'kidlashicha, u bu g‘oyadan Ukraina va Belarus prezidentlari o‘rtasida parallel o‘tkazmasliklari uchun voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. “Biroq [velosiped va elektr mototsiklda] ishga borish bu yoqimli ish”, deb aytgan Lukashenko.
Zelenskiy prezident lavozimi uchun saylovoldi kampaniyasi davomida prezident etib saylansa ishiga velosipedda borishga va'da bergan. Zelenskiyning “Xalq xizmatchisi” (“Sluga naroda”) serialidagi personaji ham ishiga velosipedda qatnagan. Avgust oxirida Zelenskiy velosipedda “xavfli bo‘lishi” mumkinligi sababli unga ushbu transport vositasida ishga borishga ruxsat bermayotganliklarini aytgan. Keyinroq Ukraina prezidenti saylovoldi va'dasini bajara olmaganini uning 2-3 ta mashinadan iborat amaldagi korteji yo‘lda hech kimga xalaqit bermayotgani bilan tushuntirgan.
Mavzuga oid
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
21:24 / 27.11.2025
Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermasligini aytdi
15:36 / 27.11.2025
Vashington Minskdan 100 dan ortiq siyosiy mahbusni qo‘yib yuborishni talab qilmoqda
22:24 / 10.11.2025