Sport | 06:58 / 03.09.2019
3416
1 daqiqa o‘qiladi

Falkao «Galatasaroy» bilan shartnoma imzoladi

«Monako» hujumchisi Radamel Falkao «Galatasaroy» safiga o‘tdi.

33 yoshli forvard yozda monegaskliklar jamoasi ungi yangi shartnoma taklif etmagani va takliflarni ko‘rib chiqishini ma'lum qilgandi. U o‘ziga eng jiddiy qiziqish bildirgan istanbulliklar klubini tanladi va erkin agent sifatida shu klub futbolchisiga aylandi

Kolumbiyalik hujumchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma tuzdi, uning bu klubdagi yillik maoshi 5 million yevroga teng.

Istanbul xalqaro aeroportida uni 25 ming kishi kutib oldi.

O‘tgan mavsumda Falkao monegaskliklarning Fransiya chempionatidagi 33 uchrashuvida maydonga tushib, 15 gol urgandi. U bu mavsumda jamoa o‘yinlarida ishtirok etmagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid