Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Iordaniya muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 3 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlari kun tartibining barcha jabhalari batafsil ko‘rib chiqildi, deyiladi TIV xabarida.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun siyosiy sohada qulay sharoit shakllantirilgani qayd etildi.
Ammon shahrida bo‘lib o‘tadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi, ta'kidlanganidek, munosabatlarning eng istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga va umumiy sa'y-harakatlarni ularni amalga oshirish uchun yo‘naltirishga imkon beradi.
O‘zbekiston-Iordaniya muloqotini yanada institutlashtirish bo‘yicha aniq takliflar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
12:53 / 10.03.2026
Eron Iordaniyadagi bundesver dala lageriga yana hujum qildi
20:56 / 06.03.2026
Eron AQSh bazalaridagi HHM tizimlari radarlariga zarba berishga urg‘u qaratmoqda
12:21 / 05.03.2026
O‘zbekiston prezidentining Iordaniyaga tashrifi kutilmoqda
10:51 / 02.03.2026