2019 yilning 3 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Iordaniya Hoşimiylar Qirolligining favqulodda va muxtor elçisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uçraşdi.
Suhbat çoğida Özbekiston-Iordaniya munosabatlari kun tartibining barça jabhalari batafsil körib çiqildi, deyiladi TIV xabarida.
Uçraşuvda savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş uçun siyosiy sohada qulay şaroit şakllantirilgani qayd etildi.
Ammon şahrida bölib ötadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi raundi, ta'kidlanganidek, munosabatlarning eng istiqbolli yönalişlarini aniqlaşga va umumiy sa'y-harakatlarni ularni amalga oşiriş uçun yönaltirişga imkon beradi.
Özbekiston-Iordaniya muloqotini yanada institutlaştiriş böyiça aniq takliflar yuzasidan ham fikr almaşildi.












