Jamiyat | 11:00 / 04.09.2019
27716
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «tonirovka»ni endi faqat YHXB bo‘linmalarida rasmiylashtirish mumkin

Foto: Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati

Joriy yilning 4 sentyabridan boshlab banklarda «tonirovka» uchun ruxsatnoma olish masalasida berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish to‘xtatildi, sababi ruxsatnoma berish uchun qo‘shimcha nuqtalar faoliyatiga boshqa ehtiyoj yo‘q (xohlovchilar oqimi kamaydi). Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

4 sentyabrdan boshlab haydovchilar YHXBning faqat yettita bo‘linmasiga ruxsatnomani rasmiylashtirish maqsadida murojaat qilishlari mumkin.

Avvalroq, «tonirovka» uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish istagida bo‘lgan haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi to‘rtta bank rahbariyati bilan birgalikda buni nafaqat YHXB bo‘linmalarida, balki 39ta tuman bank filiallarida amalga oshirish imkoniyatini yaratgandi.

Bu, IIBB ma'lumotlariga ko‘ra, avtoulov oynalarini qoraytirishga ruxsatnoma olish uchun pasaytirilgan stavkalar tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan shov-shuv bilan bog‘liq navbatlarning oldini olishga yordam berdi.

Mavzuga oid