Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar Farah shahriga hujum qildi
"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘oniston g‘arbidagi Farah shahriga hujum uyushtirdi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Telekanalning ma'lum qilishicha, shaharga hujum uch tarafdan amalga oshirilgan. Mahalliy politsiya vakili Mohibulla Mohibning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
Mohibning bildirishicha, janglar Farah shahri chegarasida davom etmoqda. To‘qnashuv chog‘ida 30 nafar tolibon yo‘q qilingan.
Viloyat kengashi vakillari agarda qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar yordamga kelmaydigan bo‘lsa, shaharda qaqshatqich janglar bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026