Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgilangan tartibda sotiladigan davlat mulki obektlari ro‘yxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Bo‘sh turgan davlat mulki obektlariga investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, hujjat bilan bo‘sh turgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va ular negizida yangi ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish maqsadi ko‘zlangan.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bo‘sh turgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Quyidagilar:
belgilangan tartibda sotiladigan davlat mulki obektlarining ro‘yxati;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
ikki hafta muddatda ko‘rsatilgan obektlarni savdoga chiqarish jadvali tasdiqlanishini;
bir oy muddatda hududiy tanlov komissiyalari bilan birgalikda ko‘rsatilgan obektlarning oldi-sotdi shartnomalari tuzilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026
“Quyoshli xonadon” dasturi inqirozdami?
14:15 / 30.06.2026
Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini Ba2 darajaga yaxshiladi. Bu nimani anglatadi?
17:59 / 20.06.2026