Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya yangi poytaxtini junglilarda quradi
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo yangi poytaxtning Kalimantan (Borneo oroli) junglilarida qurilishini e'lon qildi. Bu haqda Lonely Planet nashri ma'lum qildi.
Indoneziya rahbariyati hozirgi poytaxt Jakarta ekologik va iqtisodiy muammolarga uchrayotgani sababli poytaxtni boshqa joyga ko‘chirishga qaror qilgandi. Hozirda shaharning bir qismi har yili 10 santimetrga cho‘kib bormoqda va toshqinlar yuz berishi xavfi mavjud.
Ma'lum qilinishicha, yangi poytaxt joylashadigan hududda zilzila, sunami, ko‘chki va vulqon otilishlari kabi tabiiy ofatlar yuz berishi xavfi kam. Biroq hudud o‘rmon yong‘inlarida qolishi xavfi mavjud.
Ba'zi ekologik tashkilotlar yangi poytaxt tabiatga ziyon yetkazishi mumkin deb hisoblashmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti loyihani ekologik baholash ustida ish olib bormoqda va uni noyabrgacha yakunlashga umid qilmoqda. Agar loyiha ma'qullansa, yangi poytaxt qurilishi 2021 yilda boshlanadi.
Yangi poytaxt qurilishi 33 mlrd dollarga baholanmoqda. Hozircha unga nom ham tanlanmagan.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026