Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 38-sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi v.b. Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi Shuhrat Mirxodiyev ishtirok etishdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilishicha, Kamoliddin Shermatov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Kamoliddin Shermatov 1974 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
1996 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, 2002 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, 2006 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘ycha muhandis-iqtisodchi, agronom, huquqshunos.
Kamoliddin Shermatov mehnat faoliyatini Samarqand qishloq xo‘jalik institutida «Kamolot» jamg‘armasi raisi vazifasidan boshlagan.
U o‘z faoliyati davomida Qishloq va suv xo‘jaligi hududiy boshqarmalari va vazirligida turli lavozimlarda, Respublika O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasida boshliq o‘rinbosari, Chinoz tumani hokimi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlagan.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025