Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Oyda yo‘qolib qolgan qurilmasini topdi
Foto: ISRO/YouTube
Hindistonning “Chandrayan-2” missiyasi orbital zondi Oy sirtida “Vikram” modulini topa oldi. Qurilma bilan aloqa uning Oyga qo‘nishidan oldin yo‘qolgandi.
“N+1” nashrining yozishicha, orbital zond “Vikram”ning muvaffaqiyatsiz qo‘nishidan 2 kun o‘tib Oy sirtidan issiqlikni aks ettiruvchi suratni olgan. Uning yordamida modulni topishga muvaffaq bo‘lingan. Qurilma bilan aloqa hanuzgacha o‘rnatilmagan. Taxminlarga ko‘ra, qurilma qo‘nish vaqtida mo‘ljalni yo‘qotib, falokatga uchragan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, modul rejalashtirilgan qo‘nish nuqtasidan 500 metr narida to‘nkarilgan holda qolmoqda.
Agar modul Oyga risoladagidek qo‘na olganda Hindiston bunday natijaga erisha olgan to‘rtinchi davlat bo‘lardi. Bundan biroz avvalroq shunday urinishni Isroil amalga oshirgandi, biroq uning “Bereshit” zondi ham Oyga qo‘nish vaqtida falokatga uchragan.
“Vikram” Oyga og‘irligi 27 kg keladigan olti g‘ildirakli “Pragyan” roverini yetkazishi kerak edi. Ushbu qurilma Oy sirtini o‘rganish bilan shug‘ullanishi rejalashtirilgandi.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025