Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlaydi
Foto: Ramil Sitdikov
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 14 iyun kuni Bishkek shahrida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi xalqaro shartnoma bajarilishiga mas'ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib – taomillarini bajarganligi va ushbu xalqaro shartnomaning bajarilishiga mas'ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydilar.
Mavzuga oid
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026