Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiston viloyatida mudhish YTH: O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 8 sentabr Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
TIV xabarida aytilishicha, unda 4 kishi jabrlandi. Ikki nafar ayol - M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA bo‘lgan «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi M.U. O‘rdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.
YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.
Mavzuga oid
12:35
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026