Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Metan zapravka»dagi qing‘irliklar fosh etildi
Hisob-kitoblar natijasida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi tomonidan ta'minotchi korxona manfaatiga 69 million 375 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi va Paxtakor tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Paxtakor tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida energiya resurslaridan foydalanish holati o‘rganilganda noqonuniy harakat aniqlandi.

Ya'ni mas'uliyati cheklangan jamiyat foydalanishidagi elektr hisoblash uskunasiga o‘rnatilgan muhrlar tashqi ta'sir ostida buzilgan va tarmoqdan noqonuniy foydalanilgan.

Hisob-kitoblar natijasida MChJ tomonidan ta'minotchi korxona manfaatiga 69 million 375 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi. Holat yuzasidan, Majburiy ijro byurosi tomonidan tadbirkorga huquqiy tushuncha berildi. Shundan so‘ng, AYoQSh rahbari o‘z aybiga iqror bo‘lib, yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berdi va bugungi kunda energiya resurslaridan qonuniy foydalanib kelmoqda.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
08:47 / 16.05.2026
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
16:30 / 30.03.2026