Jamiyat | 12:12 / 12.09.2019
8144
2 daqiqa o‘qiladi

BAAning nufuzli kompaniyalari delegatsiyasi Navoiyga tashrif buyurdi – foto

Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov «DT World» va «DP World» kompaniyalari ijrochi direktori Mahmud al-Bastaki boshchiligidagi Birlashgan Arab Amirligi delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.

BAAning «DP World» kompaniyasi 1974 yilda tashkil etilgan bo‘lib, global savdo-sotiq va yuk tashish xizmati bo‘yicha jahondagi eng katta yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya bu sohada ko‘plab korxona va tashkilotlarni bevosita boshqaradi, jumladan, dengiz va ichki terminallardan tortib, dengiz xizmatlari, logistika, qo‘shimcha xizmat turlari va savdoni amalga oshirish uchun kerakli texnologik chora-tadbirlargacha ta'minlaydi.

Mazkur kompaniya 40ta xorijiy davlatda joylashgan 150ta portda faoliyat olib boradi. Shuningdek, 120ta davlatda 50 000 nafar ishchi o‘rniga ega. Kompaniya har yili 70 000ta kemaga xizmat ko‘rsatadi va bir kunda 190 000ta konteyner tashuvlarini amalga oshiradi. 2018 yildagi savdo aylanmasi 71,4 mlrd dollarga teng bo‘lib, kompaniya daromadi 5,6 mlrd dollarni tashkil qilgan.

«Men O‘zbekiston zamini va aynan G‘arb va Shraq mamlakatlarini bog‘laydigan ko‘prik vazifasini o‘tayotgan, aytish joiz bo‘lsa, quruqlik transport porti uchun juda qulay hudud Navoiy viloyatiga tashrif buyurganimdan juda ham mamnunman. Bugungi kunga qadar dunyoning bir qator davlatlarida amalga oshirgan logistika yo‘nalishidagi ishlarimizda orttirgan tajribamizni sizning yurtingizda ham qo‘llamoqchimiz. Ishonmanki, boshlanajak hamkorligimiz kelgusida o‘zining ijobiy samarasini beradi», – deydi Mahmud al Bastki.

Mavzuga oid