Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya 2020 yilda Suriya chegarasida kamikadze-dronlardan foydalanishni boshlaydi
2020 yilda Turkiya armiyasida kamikadze-dronlarning birinchi bo‘linmalari shakllantiriladi. Hurriyet gazetasining yozishicha, dronlar mamlakat sharqida va Turkiya-Suriya chegarasida qo‘riqlash ishlarini olib boradi hamda jangovar operatsiyalarda qatnashadi.
KARGU avtonom kvadrokopterlari Turkiyaning STM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
STM bosh direktori Murat Ikinjining so‘zlariga ko‘ra, har bir bo‘linmada mo‘ljalga olish va qiyofani tanish tizimlari bilan jihozlangan hamda sun'iy ong yordamida har qanday jangovar topshiriqni bajara oladigan 30tadan dron bo‘ladi.
"Dronning parvoz masofasi 15 kmni tashkil etadi, og‘irligi 70 kiloli dron havoda yarim soatgcha tura oladi. Agarda portlovchi modda olib ketayotgan bir dron ishdan chiqsa, uning o‘rnini boshqasi egallaydi va topshiriqni bajarishni davom ettiradi. Kamikadze-dronlar raketalarga nisbatan arzon tushadi", dedi Ikinji.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026