IIVning bog‘chalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi
Hukumatning 2019 yil 13 sentyabrdagi 769-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabarida aytilishicha, ushbu qarorga asosan Ichki ishlar vazirligi (IIV) tasarrufidagi bolalar bog‘chalari istisno tariqasida, IIVning idoraviy mansubligida qoldirilgan holda Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.
Qarorga ko‘ra, ushbu bog‘chalarning ta'lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish va metodik boshqarish Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
IIVning bolalar bog‘chalari rahbarlari Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
IIVning bolalar bog‘chalari xodimlariga davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlari qo‘llaniladi.
2019 yil 1 oktyabrdan:
IIV bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari umumiy o‘rinlari sonining 80 foizi ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun ajratiladi;
20 foizi esa Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlariga muvofiq jamlanadi.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
12:01 / 23.07.2024