Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 128 mingga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi
Afg‘onistonda IShID tarafdorlari soni oshib borayotgani “Markaz-2019” strategik shtab-qo‘mondonlik mashg‘ulotlarining ahamiyati va dolzarbligini yanada oshiradi. Bu haqda Tojikiston aeromobil qo‘shinlari shtabi boshlig‘i polkovnik Jahongir Nazaralizod mashg‘ulotlar ochilish marosimida aytib o‘tdi.
"IShID xalqaro terrorchilik tashkiloti Suriya va Iroqda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng uning kuchlari Afg‘onistonga ko‘chib o‘tdi. Tashviqot va jalb etish ishlari hisobiga Afg‘oniston hududida IShID tarafdorlari kun sayin ko‘payib bormoqda", - dedi Nazarolizod.
Polkovnikning qayd etishicha, bu holat xavfsizlikni kuchaytirishni o‘ylashga sabab bo‘ladi.
Shtab-qo‘mondonlik mashg‘ulotlari 16-21 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarda Rossiya, Xitoy, Pokiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 128 ming nafar harbiy xizmatchi qatnashadi. Shuningdek, 20 ming birlikdan ortiq texnika, 600ga yaqin uchuvchi qurilmalar va 15tagacha kema jalb etiladi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025