Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT O‘zbekistonga elektrobuslar loyihasi uchun 4 mln dollar ajratmoqchi
Foto: Toshshahartransxizmat
BMTning rivojlanish loyihasi hamkorligida Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorligida Global ekologik fond orqali poytaxt jamoat transporti tarkibiga elektrobuslarni olib kelish bo‘yicha loyiha yuzasidan ish boshlangandi.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, mazkur loyiha BMT tomonidan tasdiqlandi va loyiha oldi ishlar uchun budjet hamda ekspertlar guruhi shakllantirildi. Aytilishicha, ushbu loyiha MDH davlatlari orasida faqat O‘zbekiston va Ukraina uchun tasdiqdan o‘tdi.

Joriy yilning 16 sentabr kuni “Toshshahartransxizmat”AJda BMTning ekspert konsultantlari Ronald Vong hamda Tomas Fink bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borilib, ishchi guruhi tuzildi.
O‘zbekiston uchun elektrobuslar loyihasi uchun 4 million dollar budjet ajratilishi ko‘zda tutilgani aytib o‘tildi. Xalqaro tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhi kelasi haftadan “Toshshahartransxizmat” AJda faoliyat olib boradi, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Toshkentga olib kelingan elektrobus qaysi yo‘nalishda sinovdan o‘tkazilishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
09:19 / 12.03.2026