Jamiyat | 07:37 / 14.09.2019
31833
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga olib kelingan elektrobus qaysi yo‘nalishda sinovdan o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Toshshahartransxizmat

“Toshshahartransxizmat” AJ va Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan Ye420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobus keltirilgan edi

Ushbu transport vositasini yo‘nalishga biriktirish oldidan mutaxassislar tomonidan elektrobusning texnik imkoniyatlari, quvvat sarfi o‘rganildi. Buning uchun u bir necha yo‘nalishlarda harakatlantirib ko‘rildi. 

Shundan kelib chiqib, poytaxtdagi qisqa yo‘nalishlardan biri - 41 - “Chilonzor 25-mavze — Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishi elektrobusni sinovdan o‘tkazish uchun har taraflama qulay, deb topildi.

“Toshshahartransxizmat” xabarida ta'kidlanishicha, Chilonzor buyum bozori oldidagi tirbandlikni inobatga olib, elektrobus Chilonzor buyum bozoridan qaytishda qo‘shimcha yo‘ldan emas, balki asosiy yo‘ldan harakatlanadi.

Elektrobus joriy yil 14 sentyabrdan yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi.

Mavzuga oid