Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi
Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Chorak final bosqichini o‘zbekistonlik sportchilardan Shahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniyel Asenovga qarshi bahs bilan boshlab berdi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv yakuni bo‘yicha Shahobiddin Zoirov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Shu tariqa, bokschi o‘zi uchun jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo‘ydi. U finalga chiqish uchun fransiyalik Billol Bennama bilan to‘qnash keladi.
Bugun O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 4 nafar vakili yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi:
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) (B ring, boshlanish vaqti – 19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoshash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45)
Bugungi janglarni tomosha qilish uchun linklar:
Ring B: Miraziz Mirzaxalilov - Qayrat Yeraliyev, boshlanish vaqti - 19:15, Bobousmon Baturov - Ziyad Iashash, boshlanish vaqti - 19:30, Dilshod Ro‘zmetov - Loren Alfonso Dominges, boshlanish vaqti - 20:15, Bahodir Jalolov - Richard Torres, boshlanish vaqti - 20:45.
Mavzuga oid
08:18 / 19.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:53 / 11.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan 16 nafar ayollar va bolalar olib kelindi
21:44 / 02.07.2025
Ozarboyjon-Rossiya mojarosi: Bokuda ushlangan rossiyaliklar haqida nimalar ma’lum?
21:40 / 01.07.2025