Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionatining öninçi kun bellaşuvlari bölib ötmoqda.

Çorak final bosqiçini özbekistonlik sportçilardan Şahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniyel Asenovga qarşi bahs bilan boşlab berdi.

Şiddatli va murosasiz keçgan bellaşuv yakuni böyiça Şahobiddin Zoirov yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.

Şu tariqa, boksçi özi uçun jahon çempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qöydi. U finalga çiqiş uçun fransiyalik Billol Bennama bilan töqnaş keladi.

Bugun Özbekiston boks terma jamoasining yana 4 nafar vakili yarim final yöllanmasi uçun jang qiladi:

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Qayrat Yeraliyev (Qozoğiston) (B ring, boşlaniş vaqti – 19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoşaş (Iordaniya) (B ring, boşlaniş vaqti – 19:30)
-81 kg: Dilşod Rözmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boşlaniş vaqti – 20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Riçard Torres (AQŞ) (B ring, boşlaniş vaqti – 20:45)

Bugungi janglarni tomoşa qiliş uçun linklar:

Ring B: Miraziz Mirzaxalilov - Qayrat Yeraliyev, boşlaniş vaqti - 19:15, Bobousmon Baturov - Ziyad Iaşaş, boşlaniş vaqti - 19:30, Dilşod Rözmetov - Loren Alfonso Dominges, boşlaniş vaqti - 20:15, Bahodir Jalolov - Riçard Torres, boşlaniş vaqti - 20:45.