O‘zbekiston | 00:50 / 19.09.2019
3179
1 daqiqa o‘qiladi

Oktyabrda Moskvada o‘zbek filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi

Rossiya poytaxti Moskvadagi kinomatografchilar uyida 1-5 oktabr kunlari “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Tadbir Rossiya madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O‘zbekkino”, “Fessinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Filmlar namoyishiga kirish bepul bo‘ladi. 

Haftalik davomida 14 ta o‘zbek filmi, jumladan 4 ta hujjatli film namoyish qilinadi. 

Filmlar namoyishi jadvali quyida keltirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid