Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada O‘zbekiston bosh konsulligining yangi binosi ochildi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida O‘zbekiston bosh konsulligining yangi binosi ochildi.
Binoning ochilishi tantanali marosimida Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining Olmaotadagi vakolatxonasi rahbari Yerlan Iskakov, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev, Olmaotadagi bosh konsuli Abror Fathullayev ishtirok etishdi.

“Bu, shubhasiz, ikki tomonlama taraqqiy etgan munosabatlarimizni ko‘rsatuvchi yana bir qadamdir. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev o‘zining ilk davlat safarini aynan O‘zbekistonga amalga oshirgan. Unda bir qator kelishuvlar imzolangan, tovar aylanmasi oshirilgan, aloqalarimizni yanada mustahkamlash uchun yangi vazifalar qo‘yilgan”, deb aytgan bino ochilishida Saidikrom Niyozxo‘jayev.
Uning aytishicha, joriy yilda O‘zbekistonda 2018 yil Qozog‘istonda o‘tgan O‘zbekiston yilining mantiqiy davomi sifatida Qozog‘iston yili o‘tkazilmoqda. “Bugungi kunda O‘zbekistonda nafaqat Qozog‘istonning madaniyat arboblari, balki ishbilarmonlari ishtirokida bir qator tadbirlar o‘tkazilgan”, deb qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston elchisi.

O‘z navbatida Yerlan Iskakov yangi bino konsullik-huquqiy va viza masalalarini yuritish uchun barcha xalqaro standartlarga javob berishini va u yoki bu masala bo‘yicha murojaat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari talablariga javob berishini aytib o‘tgan.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda Qozog‘istonga 2,5 mln o‘zbekistonlik, O‘zbekistonga esa 2,3 mln qozog‘istonlik tashrif buyurgan. O‘zbekistoning Olmaotadagi bosh konsuli Abror Fathullayevning ta'kidlashicha, konsullik hisobida Qozog‘istonda doimiy yashash joyiga ega 50 ming o‘zbekistonlik turadi. Shuningdek, 2020 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 5 mlrd dollargacha yetishi mumkin.
Ayni vaqtda Qozog‘istonda o‘zbek kapitali ishtirokidagi 1057 ta korxona, O‘zbekistonda esa qozoq kapitali ishtirokidagi 645 ta korxona faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026