Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston paxtasini eng ko‘p hajmda sotib oluvchi davlat ma'lum qilindi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mansabdor shaxslari ishtirokida matbuot anjuman bo‘lib o‘tdi.
Inspeksiya huzuridagi paxta mahsulotini sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i Zohid Toshmatov Kun.uz muxbirining O‘zbekiston paxta yetishtiruvchi davlatlar orasida nechanchi o‘rinni egallashi haqidagi savoliga respublika paxta yetishtiruvchi davlatlar yetakchi o‘ntaligiga va paxta tolasi sifati bo‘yicha yetakchi beshtalikka kirishini ma'lum qildi.

Shuningdek, Toshmatovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston paxtasini eng ko‘p sotib oluvchi xorijiy davlat Xitoy hisoblanadi.
“O‘zbekiston paxtasining asosiy xaridorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Paxtaning 90 foizini mahalliy korxonalar xarid qildi. Xorijdagi eng yirik xaridor Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi”, deb aytgan Toshmatov.
Uning ta'kidlashicha, o‘zbek paxtasini sotib oluvchi davlatlarga sifat uchun qo‘shimcha narx belgilangan.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:20 / 09.05.2026