O‘zbekiston | 11:43 / 21.09.2019
6727
3 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonning to‘rt tumanida chorvachilik rivojlantiriladi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Kegeyli va Mo‘ynoq tumanlarida chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Kegeyli va Mo‘ynoq tumanlarida chorvachilikni yanada rivojlantirishni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Qayd etilishicha:

Taxtako‘pir tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – 441,9 ming gektar, o‘rmon fondi yerlarida – 79,6 ming gektar va zaxira yerlarda – 908,9 ming gektar;

Qo‘ng‘irot tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – 262,6 ming gektar, o‘rmon fondi yerlarida – 305,7 ming gektar va zaxira yerlarda – 1129,7 ming gektar;

Kegeyli tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – 75,3 ming gektar, o‘rmon fondi yerlarida – 7,1 ming gektar va zaxira yerlarda – 25 gektar;

Mo‘ynoq tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – 88,5 ming gektar, o‘rmon fondi yerlarida – 98,6 ming gektar pichanzor va yaylovlar mavjud.

Belgilanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Kegeyli va Mo‘ynoq tumanlarida pichanzor va yaylovlarda o‘tlatib boqish orqali chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun tashkil etiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun:

loyiha tashabbuskorlariga beriladigan yer uchastkasi o‘lchami eng kamida bir boshga hisoblanganda yirik shoxli qoramol uchun 10 gektar, yilqi va tuya uchun 5 gektar hamda mayda shoxli mol uchun 3 gektar ajratish;

qoramollarning go‘sht yo‘nalishidagi Qozoq oqbosh, Aberdin-angus, Gereford, Santa-gertruda, mayda sholi mollarning qorako‘l, jaydari, dorper zotlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Kegeyli va Mo‘ynoq tumanlarida sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha:

buyurtmachi etib – “Qoraqalpoqsuvqurilishinvest” DUK;

bosh loyihachi etib – “O‘zGIP” mas'uliyati cheklangan jamiyati;

bosh pudratchi etib – “Kegeylidavsuvmaxsuspudrat” DUK va “Xo‘jaylidavsuv-maxsuspudrat” DUK belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid