Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyodda Eron bilan urush oxirgi chora deb ataldi
Saudiya Arabistonining tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Ar-Riyod Saudi Aramco kompaniyasi neft obektlariga hujumlarda ayblangan Erondan o‘zini himoyalash uchun barcha chorani ko‘rishga tayyorligini va harbiy ssenariy “oxirgi chora” hisoblanishini aytdi.
“Biz davlatimni himoyalash va unga hamda xalqimiga zarar yetkazilmasligini kafolatlashga mas'ulmiz. Zararni bartaraf etish uchun talab qilingan barcha chorani ko‘ramiz. Urushga tayyorgarlikmi? Urush – bu har doim oxirgi variantdir”, deb aytgan vazir.
Al-Jubayrning fikricha, Eron “40 yildan beri o‘zini tajovuzkor tutib keladi”. “Ular “Hizbulloh” yordamida Livanni vayron qilishdi, Suriyani vayron qilishga qurollangan otryadlar jo‘natishdi, ularda Iroq, Yamanda qurollangan otryadlar bor va ularga ballistik raketa va dronlar berishgan”, deb aytgan al-Jubayr.
21 sentyabrda podshohlik tashqi ishlar vaziri neft obektlariga hujumlar Yamandan emas, Erondan olib borilganini aytgan, biroq buning isbotini keltirmagan. Shundan keyin Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musaviy Tehronga bildirilgan bu ayblovni navbatdagi marta rad etgan.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026