Rossiya uchun bosh xavf ma'lum qilindi
AQShning o‘z ustunligiga ishonchi va shu bilan bog‘liq holda o‘ylanmagan qadamlarni amalga oshirishi mumkinligi Rossiya va boshqa davlatlarga bosh xavf hisoblanadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Moskovskiy komsomolets” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Sen zaif tomonlaringni anglab, muvozanat va umumiy xavfsizlikni saqlashdan manfaatdor bo‘lsang, bu seni aql bilan ish tutishga undaydi. AQSh kabi kuchlar balansi sening foydang uchun shakllangan, deb o‘ylasang, miyaga turli, jumladan uncha aqlli bo‘lmagan fikrlar kelishi mumkin”, deb aytgan Shoygu.
Vazirning ta'kidlashicha, axborotlashtirish va avtomatlashtirishning bugungi darajasida qurollanishni boshqarish tizimida xatolikka yo‘l qo‘yish imkoni yuqoridir. Shu sababli oxirgi vaqtda oldingi qatorga axborot xavfsizligi muammosi chiqmoqda.
Shoygu dunyodagi vaziyatga to‘xtalib, Rossiyaning hozirda katta ko‘lamli urushda ishtirok etishi masalasi turmayotganiga umid bildirgan.
“Bunday urushning xavfi va oqibatlari har bir kishiga ma'lum”, deb qo‘shimcha qilgan Shoygu.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya fan va sanoatining taraqqiyoti mamlakatga AQShga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishga imkon beradi. Shu bilan birga, Moskva Vashington bilan “barcha frontlarda” raqobatlashishga harakat qilmaydi.
“Agar siz AQSh harbiy budjetini tahlil qilsangiz, ularda katta mablag‘ butun dunyo bo‘ylab joylashgan turli bazalarga ketishini tushunasiz. AQShda bunday bazalardan 170 ta bor”, deb aytgan Rossiya mudofaa vaziri va AQShning Afg‘onistondagi operatsiyaga sarflaydigan mablag‘i deyarli Rossiyaning bir yillik harbiy budjetiga tengligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024