Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘chalarda Singapur ta'lim tizimi va o‘qitish metodologiyasi joriy etiladi
Joriy yil 20 sentabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligida MTTlarda Singapur ta'lim tizimi va o‘qitish metodologiyasini faol joriy etishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu qadam mamlakatda maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab–quvvatlashga qaratilgan. Memorandumni maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Modern Montessori International kompaniyasi raisi doktor T.Chandrular imzoladi.
Memorandum Toshkent shahrida maktabgacha ta'lim tizimida montesorri usulida ishlovchi pedagoglarni tayyorlovchi o‘quv markazini tashkil etish va xorijiy tajriba asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maktabgacha ta'lim tashkilotini yaratish loyihalarini hamkorlikda amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Ma'lumot uchun: Modern Montessori International o‘z faoliyatini 1989 yil boshlagan. Ayni kunda Modern Montessori International guruhiga dunyoning 14 mamlakati, xususan Singapur, Buyuk Britaniya, Gonkong, BAA, Malayziya va boshqa mamlakatlarda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq maktabgacha ta'lim muassasalari kiradi.
Modern Montessori International maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta'lim jarayonini tashkil etishda montesorri usulidan foydalanadi. Ushbu usul XX asrning I yarmida pedagog va shifokor Mariya Montesorri tomonidan ishlab chiqilgan. U bolaning mustaqilligi, ma'lum chegaralar doirasida erkinligi, uning tabiiy, ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanish pritsiplariga asoslangan.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025