Nyu-Yorkda navbatdagi “S5+1” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi ishtirokida "S5+1" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Muxtor Tleuberdi, Chingiz Aydarbekov, Sirojiddin Muhriddin va Turkmanistonning AQShdagi elchisi Murod O‘razov ishtirok etgan.
Uchrashuvda savdo-investitsiya aloqalarini kengaytirish imkoniyati muhokama qilingan.
“Tomonlar savdo-investitsiya aloqalarini kengaytirish imkoniyati hamda Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlari va chaqiriqlarga javob berish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni muhokama qilishdi”, deyilgan xabarda.
Uchrashuvda “S5+1” maydoni Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni oshirish va AQSh mablag‘larini mintaqaning tranzit infratuzilmasi, atrof-muhitni muhofaza qilish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga jalb qilishning samarali vositasiga aylanayotgani qayd etib o‘tilgan.
O‘z navbatida AQSh davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari jangovar harakatlar hududlaridan o‘z fuqarolarini qaytarish bo‘yicha o‘rnak hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan. Pompeo mintaqada barqarorlik va barqaror o‘sishni o‘rnatishning omillaridan biri sifatida Markaziy Osiyoning Afg‘oniston bilan hamkorlikni mustahkamlashi zarurligiga e'tibor qaratgan.
“S5+1” formati o‘zidan Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh hamkorligining ko‘p tomonlama mexanizmini aks ettiradi.
Mavzuga oid
17:42
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42