Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdan O‘zbekistonga uchgan samolyot Samarada qo‘nishga majbur bo‘ldi
Sankt-Peterburgdan Namanganga parvoz qilgan samolyot O‘zbekiston fuqarosining o‘zini yomon his qilishi tufayli Samara aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Kuybishev transport prokuraturasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Sankt-Peterburg – Namangan yo‘nalishida U6 2509 reysi bilan parvoz qilayotgan samolyot Kurumoch xalqaro aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
"Majburiy qo‘nish sababi – 1988 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi, gipertoniya xastaligi bo‘lgan ayolning o‘zini yomon his qilishi", - deyiladi xabarda.
Prokuraturaning xabariga ko‘ra, ayolga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shahardagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan. Samolyot yana uchib ketgan.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026