Jahon | 14:08 / 24.09.2019
7970
1 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson Eron bilan yangi yadroviy bitimni taklif qildi

Foto: JUSTIN LANE/EPA-EFE/REX

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasi bo‘lib o‘tadigan Nyu-York shahriga yetib kelib, Eron bilan Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi o‘rnini bosadigan yangi yadroviy bitim tuzish vaqti kelganini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

«Eron bilan tuzilgan eski yadroviy bitimga e'tirozlaringiz qanday bo‘lishidan qat'i nazar, oldinga siljish va yangi bitim tuzish vaqti keldi», - dedi u. Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, London voqealar bunday rivojlanishiga yordam berish uchun bu borada o‘zining Yevropa va amerikalik sheriklari bilan aloqa o‘rnatadi.

Shu bilan birga, Jonsonning idorasi uning bayonotiga izoh berib, Buyuk Britaniya mavjud kelishuvni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi hamda Eronni unga rioya qilishga chaqirishi to‘g‘risida xabar berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid