Jahon | 17:54 / 24.09.2019
7081
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada bosh vazir Jonsonni iste'fo berishga chaqirishdi

Jyeremi Korbin / Foto: EPA-EFE/NEIL HALL

Britaniyadagi muxolif leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin Oliy sud parlament ishi to‘xtatilishini noqonuniy deb topganidan so‘ng bosh vazir Boris Jonsonni iste'foga chiqishga chaqirdi.

"Men Boris Jonsonni tarixiy ibora bilan aytganda, "o‘z mavqeini o‘lchab ko‘rish"ga va hukumatda hammadan oz muddat rahbarlik qilgan bosh vazirga aylanishga chaqiraman", - dedi Korbin.

"Parlament ishini zudlik bilan tiklashga chaqiraman", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Boshqa muxolif partiyalar vakillari ham Jonsonni iste'fo berishga chaqirishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Oliy sudi Boris Jonsonning parlament ishini to‘xtatib turish tashabbusini noqonuniy deb topgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid