Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari doimiy asosda tayinlandi
2019 yilning 24 sentabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida hokimlik apparati xodimlari hamda hokimlikning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha majmuasiga qarashli tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi sho‘'ba mudiri Abdulla Tursunov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. 2019 yilning may oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarib kelayotgan Rustam Ubodullayevich Pardayev ushbu lavozimga doimiy asosda tayinlandi.
Ma'lumot o‘rnida, Rustam Pardayev 1979 yilning 7 aprelida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Turli yillarda “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Jarqo‘rg‘on tumani, Surxondaryo viloyati filiallari rahbari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024