2019 yilning 24 sentabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida hokimlik apparati xodimlari hamda hokimlikning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça majmuasiga qaraşli taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi şö'ba mudiri Abdulla Tursunov iştirokida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişni viloyat hokimi Töra Bobolov boşqarib bordi.
Yiğilişda taşkiliy masala körildi. 2019 yilning may oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasini bajarib kelayotgan Rustam Ubodullayeviç Pardayev uşbu lavozimga doimiy asosda tayinlandi.
Ma'lumot örnida, Rustam Pardayev 1979 yilning 7 aprelida Qiziriq tumanida tuğilgan. 2006 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Turli yillarda “Mikrokreditbank” oçiq aksiyadorlik tijorat banki Jarqörğon tumani, Surxondaryo viloyati filiallari rahbari, viloyat Investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.













