Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatlik guvohnomasini berish tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Nizomga muvofiq, advokatlik guvohnomasi advokat maqomini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Guvohnomani berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
advokatlik tuzilmasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki tegishli advokatlik tuzilmasiga kirgan kunning ertasidan kechiktirmay talabgor yoki advokat hududiy adliya organiga shaxsan murojaat qiladi;
guvohnomani rasmiylashtirish va berish hududiy adliya organi tomonidan 2 kunlik muddatda amalga oshiriladi, guvohnoma hududiy adliya organi rahbari tomonidan imzolanadi;
guvohnomaning rekvizitlari ko‘rsatilgan holda 3 ish kunida Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Advokat xabarnoma olingan paytdan e'tiboran Advokatlar palatasining a'zosi bo‘ladi.
Advokat maqomi bilan bog‘liq ma'lumotlar advokatlarning davlat reyestrlariga kiritiladi.
Guvohnoma respublikaning butun hududida amal qiladi va amal qilish muddati cheklanmaydi.
Mavzuga oid
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
10:20 / 26.08.2025
Dori ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomalar amal qilish muddati 5 yil etib belgilanadi
11:15 / 19.04.2025