Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi soha boshqaruviga YeI ekspertlarini jalb etmoqchi
Foto: REUTERS
O‘zbekiston Energetika vazirligi kadrlar tayyorlash bo‘yicha YeI grantini jalb etish va mamlakat energetika sohasi korxonalari rahbariyatiga yevropalik mutaxassislarni taklif etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, "O‘zatom" agentligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov Bryusselda YeIning o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha elchisi Romana Vlaxutin bilan muzokaralar olib bordi.
"Muzokaralar yakuniga ko‘ra Yevroittifoq tomonidan grant-moliyaviy ko‘mak uchun qator loyihaviy takliflar paketi shakllantiriladi. U O‘zbekiston energetika sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.
Tomonlar Energetika vazirligi korxonalariga yevropalik ekspertlarni maslahatchi sifatida hamda rahbarlik lavozimlariga jalb etish imkoniyatini ishlab chiqishga kelishib olishdi.
Mavzuga oid
11:06
NATO yetmadi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga ham qarshi (mi)?
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
10:20 / 23.03.2026
WP: Orbanga yaqin shaxslar YeI yig‘ilishlari haqida Moskvaga axborot bergan
15:21 / 21.03.2026