Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy shahrida «Neksiya» avtomobili yonib ketdi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 26 sentabr kuni soat 12:34da Navoiy shahar Tinchlik qo‘rg‘oni S.Ayniy ko‘chasida turgan “Temir yo‘l transport boshqarmasi” MChJga qarashli “NEXIA” rusumli avtomobilida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan va yong‘in soat 12:39 da qurshab olinib, soat 12:42 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida “NEXIA” rusumli avtomobili to‘liq yongan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, avtomobilda harakatlanib ketayotgan haydovchi yoqilg‘i hidini sezib, avtomobilni yo‘l chetida to‘xtatganligi va qaytadan o‘t oldirgan vaqtida alanga yuzaga kelgani hamda yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib kelgan vaqtda avtomobilga o‘rnatilgan 65 litr sig‘imdagi propan gaz balloni yong‘in oqibatida yorilgani ma'lum bo‘lgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
08:32 / 21.04.2026