Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda er xotinidan pul olish uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirdi
Xitoyning Guandun provinsiyasi politsiyasi qarta o‘yinida yutqazib qo‘ygan va xotinidan pul olish uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Beijing News gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea Chjunshan shahar okrugida yuz bergan.
Xuan ismli erkak bor pulini qarta o‘yinida yutqazib qo‘yadi va bu yo‘qotishni xotinining puli evaziga qoplash uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtiradi. "O‘g‘irlanish" haqiqiydek chiqishi uchun u oyoq-qo‘llarini bog‘lab, og‘ziga tasma yopishtiradi. So‘ngra pul talab qilib o‘zining video va suratlarini xotiniga jo‘natadi.
Vahimaga tushgan ayol darhol politsiyaga xabar beradi. Politsiya surishtiruv o‘tkazib, "o‘g‘irlab ketilgan" erkakni hibsga oldi. U o‘z o‘g‘irlanishini uyushtirganiga iqror bo‘ldi va 10 kunga ma'muriy qamoq hamda 500 yuan jarima to‘lashga hukm qilindi.
Mavzuga oid
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025